16:10 / 13.02.2018
10262

Andijon viloyatida byudjyet tashkilotlari xodimlarining ish haqi to‘lovlari o‘z vaqtida moliyalashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454 sonli “O‘zbekiston Respublikasining
2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 4 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash hamda joriy yil 3 fevral kuni Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan Hay'at yig‘ilishida byudjyet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari o‘z muddatlarida moliyalashtirilishi bo‘yicha berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Andijon viloyati moliya bosh boshqarmasi tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar oyida viloyatdagi mahalliy byudjyetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda ishlovchilar ish haqi to‘lovlari uchun 106 mlrd. 795 mln. so‘m, aholining kam ta'minlangan qatlami uchun beriladigan ijtimoiy nafaqa to‘lovlari uchun 9 mlrd. 379 mln. so‘m mablag‘ o‘z muddatlarida moliyalashtirib berildi. Ushbu ijtimoiy to‘lovlarni o‘z muddatlarida moliyalashtirish uchun respublika byudjyetidan olingan 65 mlrd. 398 mln. so‘m va viloyat byudjyetidan 32 mlrd. 303 mln. so‘m jami 97 mlrd. 701 mln. so‘m miqdoridagi ijtimoiy maqsadli transfertlar quyi moliya idoralariga ajratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231 sonli “Ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta'lim va umumta'lim muassasalarida buxgalteriya xizmatlari tugatilishi hamda hududiy xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim bo‘limlarida moliya-buxgalteriya xizmatlari markazlashtirilishi munosabati bilan ularda byudjyet hisobini yuritish va hisobotini tuzishni tashkil etish va ish haqi to‘lovlari o‘z muddatlarida moliyalashtirilishini ta'minlash bo‘yicha viloyat xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda hududiy xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim bo‘limlariga viloyat moliya bosh boshqarmasi va hududiy moliya bo‘limlari tomonidan amaliy yordamlar berildi.

Byudjyet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar o‘z muddatlarida moliyalashtirilishi viloyat moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat g‘aznachilik boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Mavzuga oid
Top