09:29 / 13.02.2018
9501

«Chelsi» autsayderni yirik hisobda yengdi

Angliya Premer-ligasining 27-turida «Chelsi» «Vest Bromvich Albion»ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi — 3:0.

Antonio Konte shogirdlari 25-daqiqadayoq hisobni ochishdi — Eden Azar gol muallifi bo‘ldi. O‘yinning 63-daqiqasida mezbonlarning ustunligi mustahkamlandi — Viktor Mozes aniq zarba berdi. O‘yindagi yakuniy hisob 71-daqiqada o‘rnatildi — Azar dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa, londonliklar ketma-ket ikki o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan keyin g‘alabani tantana qilishdi.

Endilikda Angliya chempionati turnir jadvalida «Chelsi» 53 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinda, «Vest Bromvich» 20 ochkosi bilan oxirgi o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
27-tur

Chelsi – Vest Bromvich 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 25 Azar, 2:0 – 63 Mozes, 3:0 – 71 Azar.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen (Keyxill, 74), Ryudiger, Mozes, Kante, Fabregas, Dzappakosta, Pedro (Villian, 80), Azar, Jiru (Morata, 61).
Vest Bromvich –    Foster, Fillips, Douson, Xegazi, Evans, Gibbs, Kryxovyak, Berri (Yakob, 80), Brant (Berk, 46), Starridj (Rodriges, 4), Rondon.
Ogohlantirishlar: Evans (45), Gibbs (49).

Top