17:10 / 13.02.2018
16731

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi 3 ta nazorat o‘tkazish punkti kechayu kunduz ishlashni boshlaydi

Foto: kazinform.kz

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi uchta nazorat o‘tkazish punkti kechayu kunduz ishlashni boshlaydi. Bu haqda 13 fevral kuni Qozog‘iston hukumati yig‘ilishida moliya vaziri Baxit Sultonov ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 600 nafar xodim biznesni nazorat qilish funksiyasidan ozod etilmoqda. Ularning bir qismi chegarada ishlash uchun yuboriladi.

«Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida tovarlar oqimini hukumatlararo bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan birga oshirish vazifasi turibdi. Biz 3 ta postni kechayu kunduzlik ish rejimiga o‘tkazmoqdamiz. «Sirdaryo» va «Tselinnyy» 2 ta nazorat punkti tashkil qilinmoqda, u yerga 124 kishi talab etiladi. 24/7 rejimida ishlay boshlagan «Qo‘riq» postini to‘ldirish kerak. 77 kishi taxminan», - deya aytib o‘tgan Qozog‘iston Moliya vazirligi rahbari. 

Mavzuga oid
Top