22:10 / 13.02.2018
11583

Yolg‘on so‘zlaganini tan olgan Niderlandiya tashqi ishlar vaziri iste'foga ketdi  

Foto: Global Look Press

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgani haqida yolg‘on so‘zlagan Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Xalbe Zeylstra iste'foga ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.     

Zeylstra de Volkskrant nashriga bergan intervyusida 2006 yilda Putin bilan uchrashuvda ishtirok etgani haqida aldab kelganini tan olgan.

2016 yil may oyida Zeylstra Niderlandiyaning Erkinlik va demokratiya uchun xalq partiyasi saylovchilarini Rossiya bilan urush xavfidan ogohlantirgan. U o‘shanda 2006 yil boshida “Putinning dala hovlisida” bo‘lgani, u yerda Royal Dutch Shell kompaniyasi ijrochi direktori Yyerun Van der Ver bilan uchrashuv bo‘lgani haqida so‘zlab bergan.  

Zeylstraning tushuntirishicha, u o‘z manbasini oshkor qilmaslik uchun Putin bilan shaxsan uchrashgani haqida gapirishiga to‘g‘ri kelgan.

Zeylstraning 14 fevralda Moskvaga tashrif buyurishi va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazishi belgilangandi. 

Top