Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Nizamovich Qurbonov lavozimini tark etgan.
«KUN.UZ» manbasi ma'lumot berishicha, general-mayor Bahodir Qurbonov Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan.
Prezident Farmoni bilan Bahodir Qurbonovga general-mayor harbiy unvoni berildi.
Ma'lumot uchun, Toshkent harbiy okrugi tasarrufiga Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida joylashgan harbiy qismlar kiradi.
Hozircha Toshkent IIBBning yangi boshlig‘i kim bo‘lgani ma'lum emas.