07:55 / 13.02.2018
6728
JARning hukmron partiyasi prezidentga 48 soat muhlat berdi – OAV
Foto: RIA Novosti / Mixail Mettsel/TASS/POOL

Janubiy Afrika Respublikasi hukmron partiyasi – Afrika milliy kongressi (ANC) mamlakat prezidenti Jyeykob Zumaga iste'foga chiqish uchun 48 soat muhlat berdi, aks holda u lavozimidan chetlashtiriladi. Bu haqda SABC teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.  

SABC ma'lumotlariga ko‘ra, 12 fevralda ANC ijroiya qo‘mitasi Zumaning kelgusi taqdiri bo‘yicha qaror chiqarish uchun yig‘ilgan.

News24 axborot portalining ma'lum qilishicha, ANC yetakchisi Siril Ramafosa Zumaga partiya qarori haqida xabar berish uchun uning qarorgohiga kelgan.

Avvalroq Times Live nashri manbalarga iqtibos keltirgan holda, JAR prezidenti ketishi shartlarini kelishib olgandan keyin iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi. Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Zuma va Ramafosa kelishuvga erishgan.

Oxirgi vaqt hukmron partiya davlat mulki sarflanishi bilan bog‘liq mojaro sababli muxolifat tomondan bosimga uchrab kelmoqda. 2014 yildan beri muxolifat Zumadan pullarni davlat g‘aznasiga qaytarish talabini bildirib keladi. Zuma barcha pul operatsiyalari ortidan hukumatning maxsus xizmatlari kuzatuv olib borganini ta'kidlagan holda ayblovlarni rad etmoqda.

75 yoshli Zumaning prezidentlik vakolatlari 2019 yilda yakunlanadi. U mamlakatni 2009 yildan beri boshqarib keladi. 

Mavzuga oid
Top