16:48 / 14.02.2018
51806

15 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja, Ustyurtning ayrim joylarida kechasi 20-23, kunduzi 15-18 darajagacha sovuq bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechasi 10-15, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 2 darajagacha iliq, cho‘l hududlarida kechasi 13-18, ayrim joylarda 20 darajagacha, kunduzi 5-10  daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir  qorga aylanadi). Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va  kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin). Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Top