16:23 / 14.02.2018
25308

Boks bo‘yicha xalqaro turnir g‘oliblari Hukumat tomonidan mukofotlandi

Boks bo‘yicha Hindistonda bo‘lib o‘tgan «INDIA OPEN» xalqaro turnirida sovrindorlar safidan o‘rin olgan o‘zbekistonlik bokschilar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Foto: O‘zbekiston Boks Federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston Boks Federatsiyasi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishi imzolangan. Hujjatga ko‘ra, musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bokschilar 25 mln, kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 15 mln va jamoa murabbiylari 12 mln so‘m miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritishdi.

Bokschilar qo‘lga kiritgan mukofotlar
Xudoynazar Fayzov (-52 kg) — 25 000 000 so‘m
Abdulhay Shorahmatov (-56 kg)— 25 000 000 so‘m
Bobo Usmon Baturov (-69 kg) — 25 000 000 so‘m
Isroil Madrimov (-75 kg) — 25 000 000 so‘m
Bahodir Jalolov (+91) — 25 000 000 so‘m
Iqboljon Xoldorov (-64 kg) — 15 000 000 so‘m
Sanjar Tursunov (-91 kg) — 15 000 000 so‘m

Murabbiylar

To‘lqin Qilichev — 12 000 000 so‘m
Marat Qurbonov — 12 000 000 so‘m

Foto: O‘zbekiston Boks Federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston Boks Federatsiyasi

 

Mavzuga oid
Top