00:20 / 14.02.2018
5851

Gvatemalaning sobiq prezidenti hibsga olindi 

Foto: RIA "Novosti"

Gvatemalaning sobiq prezidenti Alvaro Kolom 13 fevral ertalab transport loyihasini amalga oshirishdagi korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olindi.

Gvatemala prokuraturasining ma'lum qilishicha, ertalabdan ushbu ish bo‘yicha gumonlanuvchilar yashaydigan manzillar bo‘yicha tintuvlar o‘tkazilgan. Kolom bilan birga sobiq moliya, ichki ishlar va mudofaa vazirlari ushlanganlar.

Transurbano transport loyihasi 2010 yildan amalga oshirila boshlangan va mamlakat poytaxtida 109 ta yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun tanlab olingan jamoat transport kompaniyalariga subsidiyalar berish va soliqlardan ozod etishni ko‘zda tutgan. 2015 yilda Gvatemala nazorat boshqarmasi loyihaning amalga oshirilishi davomida jiddiy moliyaviy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqlagan.

Kolom mamlakatni 2008-2012 yillarda boshqargan.

Top