14:53 / 14.02.2018
39649

«Usmonlilar tarsakisini yemaganlar» - Erdo‘g‘an 

Foto: Reuters

Vashington yaqinda «usmonlilar tarsakisini» ko‘rishi mumkin, deya aytib o‘tdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Uning qo‘shimcha qilishicha, NATOning barcha a'zolari AQShga tengdir. Bu haqda RT xabar qilgan.

Turkiya yetakchisi Anqarada Adolat va taraqqiyot hukmron partiyasi oldida chiqish qilib, shunday bayonot berdi. Shu tariqa, u IShID bilan kurash bo‘yicha koalitsiyaga rahbarlik qiluvchi general-leytenant Pol Fankning so‘zlariga izoh berdi. General Turkiya Suriyadagi Manbijga zarba beriladigan bo‘lsa, qat'iy javob olishi haqida aytib o‘tgandi. 

«Qat'iy javob haqida gapirayotganlar hech qachon «usmonlilar tarsakisini» yemagan», - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an.

Bunday ibora ostida yanicharilar (18-asrda Turkiyada: piyoda askarlar) tomonidan ochiq kaft bilan beriluvchi va ko‘p holatlarda raqibni nokautga tushirib qo‘yadigan yoki hattoki uning o‘limiga sabab bo‘ladigan zarba tushuniladi.

Mavzuga oid
Top