«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi joriy yilning 5 aprelidan boshlab Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bermoqda.
Parvozlar payshanba kunlari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Payshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00
Payshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)
2018 yil 29 maydan 17 sentabrga qadar esa Nyu-Yorkka qatnovlar haftasiga uch marta, seshanba kunlari ham «orzu laynerlari»da quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi (mahalliy vaqt):
Seshanba: HY-101 Toshkent 05:45 - Nyu-York 10:00
Seshanba: HY-102 Nyu-York 12:45 - Toshkent 09:25 (+1)
Hozirda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida haftasiga bir marta yakshanba kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirilmoqda.