18:43 / 15.02.2018
12738

Floridalik «mergan»ga ayblov qo‘yildi

Foto: The Telegraph

Floridadagi maktabda otishma sodir etgan 19 yoshli shaxsga 17 kishini qasddan o‘ldirganlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqda Brouard okrugi sherifi saytida xabar berilgan.

Otishma Mayamidan 60 kilometr shimolda joylashgan shaharchadagi maktabda chorshanba kuni yuz berdi. Sherif Skott Israelning ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, maktabdagi mashg‘ulotlar yakunlanishiga taxminan o‘n daqiqa qolganida yong‘in signalizatsiyasi ishga tushgan, so‘ng o‘q tovushlari eshitilgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, o‘q uzgan shaxs o‘quvchilar orasiga o‘zini urishga uringanida qo‘lga olingan. Sherif gumonlanuvchi qo‘lga olinganini tasdiqladi, u ushbu maktabning sobiq o‘quvchisi, 1999 yilda tug‘ilgan Nikolas Kruzdir.

Ushbu shaxs maktabdan tartib-intizomi bilan bog‘liq muammolar tufayli chetlatilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp ro‘y bergan otishma tufayli o‘quvchilarning barcha g‘alati xatti-harakati haqida darhol xabar berishga chaqirgan.

Top