11:28 / 15.02.2018
55765
Reklama

Qisqa muddatda IELTS’dan kamida 7 va undan yuqori ball olish sirlari - «Fast and Easy» o‘quvchilari bilan suhbat

Foto: Fast and Easy

«Fast and Easy» o‘quv markazi doimiy an’anasiga sodiq qolgan holda, IELTS, CEFR hamda ingliz tilida o‘qitiladigan matematika bo‘yicha yoshlarning eng qisqa muddatlarda, maksimal natijalarni qo‘lga kiritishlari yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Quyida o‘quv markazining ayrim talabalari bilan qilingan suhbatni o‘qishingiz mumkin:

Madiyarov Azizbek (7,5 ball):

  • Qancha vaqtda bu natijaga erishdingiz?
  • Aslida, oldin men bir necha nomdor o‘quv markazlarida tayyorlanganman hamda 2 yil davomida ingliz tilini o‘qiganman, ammo 2017 yil, sentabr oyida IELTS imtihonlarida 5 ball, juda past natijani qayd etganman. Shunda bir do‘stimning tavsiyasi bilan «Fast and Easy»ga kelganman. Natija esa zo‘r – 4 oy ichida IELTS ballim 5dan 7,5ga ko‘tarildi.
  • Kelgusida maqsadlaringiz?
  • Xalqaro Vestminster universiteti grantiga hujjat topshirmoqchiman.

Azizbekning qayd etgan natijalari:

  • Reading – 8
  • Listening – 7.5
  • Speaking – 7.5
Foto: Fast and Easy

Hakimjonova Dilnoza (7 ball):

  • Qancha vaqtda bu natijaga erishdingiz?
  • Men «Fast and Easy»da o‘qishni 2016 yilda matematikani o‘rganishdan boshlaganman. Ingliz tili hamda IELTS o‘qishni esa 2017 yil iyul oyidan boshlagandim. 5 oyda Pre-Intermediate darajasidan IELTS imtihonida 7 ball olishga erishdim.
  • Kelgusida maqsadlaringiz?
  • Xalqaro Vestminster universiteti grantiga hujjat topshirmoqchiman.

Dilnozaning qayd etgan natijalari:

  • Reading – 8,5
  • Listening – 7
  • Writing – 7
Foto: Fast and Easy

Yuldashev Yusufbek:

  • Qancha vaqtda bu natijaga erishdingiz?
  • Men ham bir necha yillardan beri ingliz tili o‘qib kelardim, lekin «Fast and Easy»ga kelib, ushbu tilni o‘qishga o‘zgacha qiziqish hamda ishtiyoq paydo bo‘ldi. Natijada 5 oyda Intermediate darajasidan IELTS imtihonida 7 ball olishga erishdim.
  • Kelgusida maqsadlaringiz?
  • INHA hamda Xalqaro Vestminster universiteti grantiga kirmoqchiman.

Yusufbekning qayd etgan natijalari:

  • Reading – 8,5
  • Listening – 7,5
Foto: Fast and Easy

Sadullayev Jasur:

  • Qancha vaqtda bu natijaga erishdingiz?
  • Chet eldagi universitetlarning hujjat qabul qilish muddati tufayli, 2018 yil yanvar oyigacha IELTSdan eng kamida 6,5 ball olishim kerak edi. Shu sababli, qisqa muddatda maqsadimga erishish uchun mos o‘quv markazini qidirishni boshladim. Tavsiya orqali «Fast and Easy»ga keldim, hamda imkonsizdek ko‘ringan natijaga 7 oyda  erishdim. «Fast and Easy»ga rahmat.
  • Kelgusida maqsadlaringiz?
  • Arizonaning MISIS Universiteti va Yaponiya texnologiya universitetlariga hujjat topshirdim. Ulardan birida ta’limni davom ettirmoqchiman.

Jasurning qayd etgan natijalari:

  • Reading – 8.5
  • Listening – 7.0
Foto: Fast and Easy

Ha, bu natijalar o‘qituvchilarimizniki emas, balki o‘quvchilarimizning erishgan natijalarining ba’zilaridir.

«Fast and Easy» va uning talabalari erishayotgan muvaffaqiyatlarning asosiy siri — o‘quv markazining ingliz tili hamda IELTS o‘qitish bo‘yicha tajribasi, individual yondoshuv hamda innovatsion metodikasidir. Ayniqsa, yozgi imtihonlar davrigacha juda kam vaqt qolganini hisobga olgan holda, «Fast and Easy» NTM mutlaqo o‘xshashi bo‘lmagan o‘quv kurslariga yangi qabulni boshladi.

Ular haqida qisqacha quyida tanishtiramiz:

O‘quv kurslarining qanaqa afzalliklari bor?

Haftada 6 kun (2-4 soatdan), 3 kun (2 soatdan), 2 kun (3 soatdan) innovatsion o‘quv tizimi.

Yozgi imtihonlargacha yil boshiga nisbatan uzoq vaqt qolmaganini hisobga oladigan bo‘lsak, yuqori darajadagi intensiv kurslar ayni muddao.

Foto: Fast and Easy

Ayni vaqtda, har bir talabaning o‘zlashtirishini doimiy nazorat qilib borish orqali ularning eng yuqori natijaga erishishlari bizning ham maqsadimiz. Shu sababli, eng ko‘pi bilan 6 oylik muddatda talabalarimizning IELTSdan kamida 7 ball olishlarini ta’minlaymiz.

3 o‘qituvchi metodi

Hamma darslar faqat ingliz tilida olib borilishidan tashqari, har bir IELTS yo‘nalishida (ya’ni Writing, Speaking, Reading - Listening) alohida o‘qituvchi dars beradi. Bu esa ta’lim sifatini yanada yaxshilashning garovi bo‘lib xizmat qiladi.

Kundalik individual  nazorat

Berilgan uyga vazifalarni har kun tekshirib, xato va kamchiliklarni kundalik asosda bartaraf etib boramiz. O‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishlarining kunlik nazorati — «Fast and Easy» o‘quv markazi umumiy sifat nazoratining eng muhim qismi.

Foto: Fast and Easy

Darsdan tashqari erkin dars

O‘quvchilarimiz kun davomida markazda qolib dars qilish imkoniyatiga egalar. Ya’ni markazda barcha sharoitlar, alohida darsxonalar yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar kun davomida o‘z ustida ishlashi mumkin.

Speaking va Writing’dan qo‘shimcha darslar

Juda ko‘pchilik talabarlarni eng qiynaydigan IELTS bo‘limlari — bu Speaking (ya’ni o‘g‘zaki og‘zaki nutq) hamda Writing (ya’ni yozish ko‘nikmasi). Shu sababli «Fast and Easy» NTM ushbu ehtiyojni hisobga olgan holda ushbu kurslarda qo‘shimcha shug‘ullanishni taklif etadi.

Foto: Fast and Easy

Help Desk

«Yordamga tayyormiz». Talabalarimiz istalgan savolni istalgan vaqtda bera olishlari uchun ushbu vazifaga biriktirilgan o‘qituvchilarmiz o‘qish bilan bog‘liq savollarga doim javob berishga tayyorlar.

Har oyda muntazam tashkil qilinadigan imtihonlar

Talabalarning nafaqat bilim jihatdan, balki ruhiy jihatdan ham yetarli tayyorgarligi, yuqori ball olishning muhim jihati. Shuning uchun, haqiqiy imtihon sharoitiga yaqinlashtirilgan «mock-exam» imtihonlari muhim an’analarimizdan biridir.

«Fast and Easy»ning o‘quv qo‘llanmalari, ya’ni kitoblar va boshqa materiallar mutlaqo tekin!!!

«Fast and Easy» NTM tomonidan hamma kitoblar va qo‘llanmalar tekinga beriladi.

Foto: Fast and Easy

Qabul o‘rinlarining soni chegaralanganligini hisobga olib, tezroq ro‘yxatdan o‘tishingizni va markazimizga kelib, sinov imtihonlaridan o‘tishingizni tavsiya qilamiz.

Orzuingizga biz bilan birga erishing!

Manzil 1: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, 148-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;

  • Mo‘ljal: Mirzo Ulug‘bek tumani pasport stoli, «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati;
  • Maktabga yetib borish yo‘lini mana bu yerda Google xaritasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

Manzil 2: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur 62 –uy;

  • Mo‘ljal: «Minor» metro bekati

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, 148-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;

Telefonlar: 
•  (+998-90) 998-39-00
•  (+998-97) 155-38-00

Reklama huquqi asosida

 

Top