17:28 / 15.02.2018
28674

Rossiya-Finlyandiya chegarasida O‘zbekiston fuqarolaridan 30 ming yevro olib qo‘yildi

Foto: 47News

O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi Leningrad oblastidagi Rossiya-Finlyandiya chegarasida 30 ming yevro bilan ushlandi. Ular bu pullarni deklaratsiya qilishni yoddan ko‘tarishgan yoki qilishni xohlashmagan.

RF Shimoli-g‘arbiy bojxona boshqarmasining Leningrad oblasti bo‘yicha matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Finlyandiyadan Rossiyaga bojxonaga postiga “Volvo” avtomobilida O‘zbekistonning uch fuqarosi kelgan. Ularning barchasi Finlyandiyada ishlab, istiqomat qilishi aytilmoqda.

Haydovchi bojxona deklaratsiyasida faqat vaqtinchalik foydalanish uchun olib kirilayotgan avtomobilni ko‘rsatgan.

Biroq xizmat iti kirib kelayotganlarda umumiy miqdori 31,275 ming yevrolik xorijiy valyuta borligini aniqlagan.

O‘zbekiston Respublikasining ikki fuqarosiga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 2 ta ish qo‘zg‘atildi. Pullar musodara etilgan.

Top