13:24 / 15.02.2018
17420

Shayxontohurda yong‘in, halok bo‘lganlar bor

Bugun tonggi taxminan soat 4 dan 30 daqiqa o‘tganda Toshkent shahri Shayxontohur tumani, “Bog‘ ko‘cha” mahallasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in natijasida vafot etganlar bor. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in gaz-isitish moslamalaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanilganligi oqibatida yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

 

Top