18:15 / 15.02.2018
8192

Toshkent IIBB: yong‘inlar sababi – gaz uskunalari va elektr isitish moslamalari

Foto: Toshkent IIBB

Toshkent shahar IIBB YoXBning xabar berishicha, sodir bo‘layotgan yong‘inlarning aksariyati fuqarolarning beparvoligi sababli kelib chiqmoqda.

Ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj bir muncha ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Gaz pechlaridan foydalanishda e'tibor va hushyorlik talab etiladi. Ayrim fuqarolar tomonidan gaz anjomlariga rezina shlanglar ulanish yoki xonani isitish maqsadida gaz plitasini yoqiq xolda qoldirmoqdalar. Buning oqibatida uyda mavjud bo‘lgan insonlarning is gazidan zaharlanib, halok bo‘lish holatlari kuzatilmoqda.

Mazkur hodisalarni oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish so‘raladi:

- gaz uskunalarini yoqiq holatda qoldirmang, tunda ularni o‘chirib qo‘yishni unutmang;

- qo‘lbola va nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;

- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;

- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi mahsulotlarni saqlamang;

- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;

- mabodo gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga xabar bering;

- gaz uskunalarnidagi dudburonlarni maxsus tashkilotlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, sozligiga alohida e'tibor bering;

Top