08:58 / 15.02.2018
16939

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi

Foto: Kenesh.kg

2018 yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish uchun javobgarlikni topshirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Hujjat 2017 yil 6 oktabrda Toshkent shahrida imzolangan, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

Bitimga ko‘ra, havo qatnovi xizmatlari uchun javobgarlikni topshirish, parvozlarni soddalashtirish, havo qatnovi xizmatlarining tegishli darajasini ta'minlash va xizmatlar ko‘rsatishda ikki mamlakatning imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligining huquqiy va tashkiliy tartibi belgilanadi.

Mavzuga oid
Top