09:38 / 16.02.2018
7292

Xakerlar kompyuterlarni Word fayllari orqali zararlash usulidan foydalanishmoqda

Foto: Globallookpress

Kiberjinoyatchilar kompyuterlarni Word fayllariga asoslangan usul bilan zararlash usulini topdilar. 

Bu xakerlik usulining mohiyati shundaki, u ishlashi uchun foydalanuvchi Word’dagi dasturiy algoritmlar – makroslarni faollashtirishi shartmas. Tadqiqotchilar ma'lumotlariga ko‘ra, xakerlar kompyuterlarni zararlashning bu usulidan parollarni o‘g‘irlashda faol foydalanmoqdalar.   

Usul DOCX, RTF, HTA, VBScript va PowerShell fayllariga asoslangan. Spam-xat olinganda va unga biriktirilgan fayl ochilganda, maxsus kod ishga tushib, zararli dasturiy ta'minotni o‘rnatuvchi bir qator harakatlar amalga oshadi. Zararli dastur o‘zi parollarni topib, ularni xakerlar tomondan nazorat qilinuvchi serverlarga jo‘natadi.

Hozircha bu usul bir xakerlik guruhi tomondan qo‘llanmoqda, biroq undan boshqa xakerlar ham foydalana boshlashi ehtimoli mavjud.

Bunday yo‘l bilan xakerlar qurboniga aylanmaslik uchun mutaxassislar Windows va Office dasturlarini o‘z vaqtida yangilashni tavsiya qilishmoqda.

Top