10:54 / 16.02.2018
11625

Qirg‘izistonda teraktlarga tayyorgarlik ko‘rgan shaxs ushlandi

Foto: RIA "Novosti"

Qirg‘izistonda teraktlarni sodir etish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan yashirin guruh ishtirokchisi qo‘lga olindi. Bu haqda «Interfaks» Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

«Aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs Suriyada taqiqlangan birlashmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik va respublikada terrorchilik xurujlarini amalga oshirish uchun «xudkush» maxsus kursidan o‘tgan», - deya aytib o‘tishgan matbuot xizmatidan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda «Hizb ut-Tahrir» tarafdorlari ushlangani xabar berilgandi.

Top