00:10 / 17.02.2018
11569

FIFA qishki transferlar oynasini bekor qilmoqchi

FIFA prezidenti Janni Infantino transfer bozori va futbol moliyasidagi inqilobiy o‘zgarishlarni ko‘zda tutuvchi dasturni taklif qilishini rejalashtirmoqda.

Mulozimning dasturi 11ta banddan iborat bo‘lib, FIFA Ijro qo‘mitasi tomonidan 28 fevral kuni ko‘rib chiqiladi, deb xabar beradi Football Italia.

Infantino dasturida qishki transfer bozorini bekor qilish va yozgi transfer bozorini mamlakat chempionatlari boshlanishidan oldin yakunlash kabi takliflar bor. 

Avvalroq, APL va A Seriya rahbariyati transfer bozorini chempionat o‘yinlari boshlangunga qadar yopilishi haqidagi qarorni qabul qilishgandi.

Bundan tashqari, klubdagi mavjud futbolchilar soni va ijaraga berib yuborilgan futbolchilar soniga cheklov joriy qilish ham rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, futbolchilar maoshining yuqori chegaralari ham joriy qilinishi va agentlar oladigan mukofotlarning miqdori cheklanishi mumkin.

Mavzuga oid
Top