13:50 / 18.02.2018
41050

Peterburgda yonayotgan avtomobilga ekskavator yordamga keldi (video)

Petergburgda ekskavator yonayotgan mashina ustiga qor uyumini tashlab, o‘t o‘chirgan videosi tarqaldi. "78" telekanali shu haqida xabar berdi. 

Yo‘l-transport hodisasi Konstitutsiya maydonida ro‘y berdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, "Volga" qarama-qarshi chiziq bo‘yicha yo‘nalib, ustunga urilgan va yona boshlagan. 

Yaqin atrofda qor tozalash bilan shug‘ullanayotgan ishchilar "Volga" haydovchisiga yordamga shoshilishgan. Ekskavatorlardan biri qor uyumini olib, uni yonayotgan avtomobil ustiga tashlagan.

Manbada ta'kidlanishicha, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.

Top