09:50 / 19.02.2018
6289

AQSh Rossiya fuqarolariga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda 

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Amerika hukumati ayni damda sanksiya ro‘yxatiga rossiyalik yangi fuqarolarni kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Interfaks» CBS telekanaliga asosan xabar berdi.

«Biz qadamlarni qo‘ydik, ular qonunga muvofiq Rossiyadan qator harbiy eksportlarning oldini oldi. Biz yana Rossiya vakillaridan ba'zilariga qo‘shimcha ravishda sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz», - degan Tillerson «kongressning aksariyat a'zolari xohlayotgan sanksiyalar nega joriy etilmayotgani» haqidagi savolga javob qaytarib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiya sanksiyalar tufayli milliardlab dollarlik qurolni sota olmagani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid
Top