16:59 / 19.02.2018
7305

Bill Geyts AQShdagi soliq islohoti loyihasiga qarshi chiqdi

Foto: TASS

Multimilliarder va Microsoft asoschisi Bill Geyts AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan soliq islohoti loyihasini ma'qullamasligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u CNN’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Geytsning ta'kidlashicha, u, amerikalik boshqa boylar kabi, Qo‘shma Shtatlar g‘aznasiga ko‘proq soliqlar to‘lashi kerak.

«Men soliqlarni hammadan ko‘p to‘ladim, 10 mln dollardan ortiq. Biroq hukumat men kabi odamlardan yanada yuqori to‘lovlarni talab qilishi kerak», - deya milliarderning so‘zlarini keltiradi «Interfaks».

Geytsning shuningdek qayd etishicha, soliq islohoti loyihasi soliq solishning progressiv emas, balki regressiv shkalasini yaratadi, u boy odamlar hayotini yengillashtiradi, biroq o‘rta sinf vakillariga aloqador bo‘lmaydi.

Ayni damda Bill Geytsning boyligi 90 mlrd dollardan ko‘proqqa baholanadi. U xayriya maqsadlariga o‘tkazib berilgan o‘z mablag‘lari hajmi bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Top