16:39 / 19.02.2018
10076

Iroqda Turkiya fuqarosi bo‘lgan ayol o‘lim jazosiga mahkum etildi

Foto: Depositphotos

Iroqdagi sud Turkiya fuqarosi bo‘lgan ayolni oliy jazoga mahkum etdi. U IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlagani uchun sudlangan. Bu haqda TASS agentligi «As-Sumariya» telekanaliga asosan xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Turkiya va Ozarboyjonning yana o‘n nafar fuqarosi umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

Avvalroq OAV Iroqda IShID jangarilarining bir necha yuzlab rafiqalari qo‘lga olingani, ular orasida Yevroittifoq, Osiyo, AQSh, Rossiyadan bo‘lgan ayollar borligi haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid
Top