10:45 / 19.02.2018
9404

IShID Kizlyardagi hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi

IShID Dog‘istonning Kizlyar shahridagi ibodatxonaga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters terrorchilar nazorati ostidagi OAVlarga tayanib ma'lum qilgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, terrorchilar o‘z bayonotiga dalil taqdim etishmagan.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Kizlyar shahrida o‘t ochildi. Terrorchi to‘rt kishini otib tashladi, jarohat olgan yana bir ayol shifoxonada jon berdi.

Bundan avvalroq Dog‘istondagi huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi manba qotil avval hech qachon politsiyaning nigohiga tushmagan va radikal oqimlarga aloqador bo‘lmagani haqida aytgani xabar qilingandi.

Top