11:00 / 19.02.2018
24597

Samarqand shahrida erkak o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Samarqand shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 17 fevral kuni soat 16.30larda Motrid mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan R.K. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1983 yilda tug‘ilgan D.U.ning bo‘yin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.U. voqea joyida vafot etgan. R.K. qo‘lga olingan.

Top