11:05 / 19.02.2018
8452

Toshkentda Salor kanaliga tushib ketgan kishi qutqarib qolindi

2018 yilning 13 fevral kuni soat taxminan 23:00larda, Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimlari, Mirobod tumani hududida xizmat olib borayotgan vaqtlarida Salor kanali ichidan yordam so‘rayotgan shaxsning ovozini eshitib qolganlar, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Xodimlar hushyorlikni yo‘qotmasdan, darhol mastlik holatida, ehtiyotsizlik oqibatida mazkur kanalga tushib ketgan fuqaro E.M.ning qo‘lidan tortib olish yo‘li bilan qutqarib, uning hayotini saqlab qoldilar.

E.M. birinchi sonli shahar klinik shifoxonasiga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shundan so‘ng, xodimlar uni uyiga olib borib qo‘yganlar.

Top