17:29 / 20.02.2018
10343

2019 yilda G20 sammiti qaysi shaharda o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Foto: TASS

2019 yilda G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkaziladi. Bu haqdagi ma'lumot Yaponiya hukumati tomonidan seshanba, 20 fevral kuni tarqatildi.

Forumning o‘zi aynan qaysi sanada o‘tkazilishi hozircha aniqlanmadi, biroq, katta ehtimol bilan, «yigirmatalik» yetakchilari iyun oxirida yoki iyul boshida yig‘iladi.

Osaka infratuzilma hamda boshqa davlatlardan keladigan yuqori darajali mehmonlarni joylashtirish imkoniga ega mehmonxonalar soni tahlil etilganidan so‘ng tanlandi.

Top