23:56 / 20.02.2018
9521

Bahor oylaridan birida O‘zbekiston Prezidentining Ozarboyjonga tashrifi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning bahor oylarida Ozarboyjonga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda. Ozarboyjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev 20 fevral kuni Savdo-sanoat palatasi hamda Xalqaro Press-klub hamkorligida bo‘lib o‘tgan mamlakatlararo biznes-forumda shu haqida ma'lum qildi. 

Guliyevning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat rahbarlari bir-birlarini yaxshi bilishadi, ular shu kungacha xalqaro maydonlarda ko‘rishishga ulgurishgan. Elchi aniq sanani aytmagan bo‘lsa-da, bu joriy yilning bahor oylaridan birida, ehtimol may oyi oxirida amalga oshishi mumkinligini qayd etdi. 

Foto: Xalqaro Press-klub

U hozirda ikki tomonlama hamkorlik rivojiga to‘sqinlik qiladigan hech qanday omillar yo‘qligini, mamlakatlar o‘rtasida yuqori darajali siyosiy muloqot kuzatilayotganini ta'kidladi. Elchining ta'kidlashicha, tashrif davomida muhokama qilinadigan masalalar talaygina: neft-gaz sohasidagi hamkorlikdan tortib to qishloq xo‘jalik sohasigacha. 

Bundan tashqari, Guseyn Guliyev ham, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikramov ham ikki mamlakat o‘rtasidagi aviareyslar soni oshirilishiga ishora qilishgan. 

Mavzuga oid
Top