22:28 / 20.02.2018
42670

Foto: Sariosiyo tumani hokimi o‘quvchining kundaligini tekshirib, imzolab berdi

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi «Surxondaryo viloyati. Xalq fikri» guruhida joylashtirilgan postlarning birida Sariosiyo tuman hokimi Asqarali Jo‘rayevning ajib bir ishi haqida hikoya qilinadi.

«Yo‘lda o‘quvchi hokimdan iltimos qildi — kundalik daftarini ko‘rib, tekshirib, ota-onasi imzo chekadigan joyga qo‘l qo‘yib berishini so‘radi. Hokim ham o‘z navbatida tekshirib, qo‘l qo‘yib berdi. O‘quvchi o‘zida yo‘q xursand, «endi men a'lochi bo‘laman, har kuni a'lo baho olaman!» deb chopib ketdi», deyiladi blogpostda va tuman hokimi A.Jo‘rayevning ushbu ish bilan mashg‘ul payti muhrlangan fotosurat ham ilova qilinadi.

Foto: Facebook

 

Top