18:03 / 20.02.2018
6466

«Kobalt» olib beraman deb 35 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs 

Quyichirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan M.T. uy bekasi, 1966 yilda tug‘ilgan G.E.ga «Kobalt avtomashinasi olib beraman», deb aldab, G.E.dan 35.000.000 so‘m pulini olib, ushbu pullarini o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. 

Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Ushbu holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top