23:22 / 20.02.2018
25002

Obodonlashtirish xodimlariga yegulik va issiq qahva tarqatildi

Toshkentda bir guruh yoshlar shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga shirinlik, tushlik va issiq qahvalar, paypoqlar tarqatishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Jamoatchilik asosida tashkil etilgan «Baxt ulash» xayriya guruhining Telegram ijtimoiy tarmoqdagi a'zolari soni 600dan oshgan. Guruh faollari turli xayriya ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib, atrofdagilarga yaxshilik ulashish bilan band bo‘lmoqda. Bu gal, yoshlar qishning ayozli kunlarida ko‘chada ishlayotgan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga yaxshi kayfiyat ulashdi.

«Bu kun uchun avvaldan tayyorgarlik ko‘rdik: kimdir uyida shirinliklarni tayyorladi, boshqalar moddiy yordam ko‘rsatdi. Shunday qilib, shahrimiz tozaligiga beminnat hissasini qo‘shib kelayotgan onalar, otalar, aka-uka, opa-singillarimizni xursand etishga qaror qildik. Bu bilan oz bo‘lsa-da, ularning mehnatiga minnatdorchiligimizni bildirib, qilayotgan ishidan faxr his etishini istadik», deydi tashkilotchilardan biri Mo‘'tabar Xushvaqtova.

Foto: t.me/Baxtulash

20 fevral kuni tashkil etilgan xayriya tadbiri davomida jami 300 ta shirin kulcha, 300 ta gumma, 350 ta qahva, 350 ta shokolad, 100 juft paypoq va uyda tayyorlab keltirilgan yeguliklar ko‘chadagi zahmatkashlarga tarqatildi.

Ma'lumot uchun, tashabbuskor yoshlarning deyarli yarmidan ko‘pi talabalardan tashkil topgan bo‘lib, barchasi ko‘ngilli ravishda, hech qanday manfaatsiz bir guruhga jamlangan.

Foto: t.me/Baxtulash
Foto: t.me/Baxtulash
Foto: t.me/Baxtulash
Foto: t.me/Baxtulash
Foto: t.me/Baxtulash
Foto: t.me/Baxtulash
Foto: t.me/Baxtulash
Foto: t.me/Baxtulash
Top