23:16 / 20.02.2018
6582

Toshkent shahrida yong‘in xavfsizligi masalasida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi

«Yong‘in xavfsizligi o‘n kunligi» tadbiri doirasida, 2018 yilning 20 fevral kuni Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida, Toshkent shahar hududida joylashgan aholi turar joylarida, tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari o‘rtasida yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan keng tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. 

«Yong‘in xavfsizligi o‘n kunligi» tadbiri davomida, Toshkent shahar xududida joylashgan 59 ta maskan, bino va inshootning yong‘inga qarshi xolati profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Mazkur jarayonda 525 ta yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi holati aniqlanib, ulardan 372 ta kamchilik joyida bartaraf etildi. O‘tkazilgan yong‘in-texnik tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, maskan va muassasa rahbarlariga davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalari taqdim etildi.        

Shahar hududida joylashgan aholi turar joylaridagi 6 ming 550 ta xonadonning har biriga tegishli organlar vakillari va mahalla faollari bilan birgalikda kirilib, 20 ming 536 nafar fuqaro bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarning kelib chiqishini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida 5 ta yig‘ilish o‘tkazilib, 17 nafar fuqaroning harakatlari muhokama qilindi. 

Aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini kengroq targ‘ib etish maqsadida, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi korxona, tashkilotlarda hamda aholi yashash joylarida 77 ta uchrashuv tashkil etilib, ularda 3059 nafar ishchi xizmatchi va fuqaro qatnashdi. 

Yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida quyidagi talablarga rioya etish lozim: 

- uy va ishdan chiqishdan, tungi dam olishga tayyorgarlik ko‘rishdan avval gaz va elektr moslamalarni ko‘zdan kechirib, ularni o‘chirilganligini tekshiring; 

- gugurt va boshqa tez alanga oluvchi vositalarni bolalardan uzoqroq joyga qo‘ying, yosh bolalarni yolg‘iz va nazoratsiz qoldirmang;

- uyingizda tez alanga oluvchi va portlovchi moddalarni saqlamang;

- yotar joyingizda sigareta chekmang; 

- xonadoningizni birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi bilan ta'minlang; 

- yong‘in sodir bo‘lganda, yong‘in joyini zudlik bilan tark eting hamda “101” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering.

 

 

Top