08:28 / 20.02.2018
13145

Sensatsiya. Uchinchi divizion jamoasi «Manchester Siti»ni kubokdan chiqarib yubordi

«Manchester Siti» Angliya Kubogining nimchorak finalida «Uigan Atletik»ka yutqazdi. Uigandagi DW stadionida kechgan uchrashuv mezbonlar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘lim oxirida «shaharliklar» kamchilik bo‘lib qolishdi — Fabian Delfga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi. 79-daqiqada «Uigan» sondagi ustunlikdan foydalanib gol urdi — mezbonlar hujumchisi Uilyam Grigg aniq harakat qildi.

Shu tariqa, «Uigan» Angliya Kubogining 1/8 finaliga chiqdi va bu bosqichda «Sauthempton»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. «Manchester Siti» turnirni tark etdi.

Angliya Kubogi
1/8 final

Uigan – Manchester Siti 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79 Grigg.
Uigan – Uolton, Bern, Dankli, Elder, Perkins, Birn, Pauell (Fulton, 27), Pauer, Roberts (Djyeykobs, 55), Grigg, Messi (Kolklaf, 77).
Manchester Siti – Bravo, Laport, Stounz, Danilo, Delf, Silva (de Bryuyne, 65), Fernandino, Bernardu Silva, Gyundogan, Sane (Uoker, 46), Aguero.
Ogohlantirishlar: Messi (59), Fulton (69), Elder (71), Uolton (84), Pauer (90).
Chetlatish: Delf (45).

Top