13:03 / 20.02.2018
14957

O‘zbekiston Qozog‘istonda mehnat migrantlari soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Foto: Sputnik

Qozog‘istonda 2017 yilda mamlakatga kelgan va ro‘yxatdan o‘tgan migrantlar soni 2016 yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 20,5 foizga o‘sdi va 16 081 kishini tashkil etdi.

Shu bilan birga, Qozog‘iston Iqtisodiyot vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatdan chiqib ketgan migrantlar soni 7,8 foizga o‘sdi va 37 704 kishini tashkil etdi, migratsiya saldosi - 21 623 kishi.

Mamlakatning asosiy migratsiya almashinuvi MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi: MDH mamlakatlaridan kelganlar ulushi 72,1%ni tashkil etdi; MDH mamlakatlariga chiqib ketganlar ulushi 89,4 foizga teng bo‘ldi.

Ekspertlarning avvalroq ta'kidlashicha, 2016 yilda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan immigratsiya miqdori sezilarli darajada oshgani qayd etildi. O‘zbekistondan kelgan migrantlar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng katta guruhga mansub: ularning 1 000 000 dan ortig‘i 2016 yilda vaqtinchalik ro‘yxatga ega bo‘lgan hamda 300 mingdan ortiq kishi ishlash uchun ruxsatnoma olgan. Bunday ko‘rsatkichlar Xalqaro migratsiya tashkilotining «Muhojirlar zaifligi va Markaziy Osiyoda integratsiyalashuv ehtiyojlari» tadqiqotida keltirilgan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Migratsion tadqiqot markazi huzuridagi MDHda migratsiya bo‘yicha Tadqiqot kengashining eksperti Yelena Sadovskaya fikricha, Qozog‘istonga 2017 yilda ham mehnat migrantlarining aksariyati O‘zbekiston tomonidan yetkazib berilgan. O‘zbekiston hatto Germaniyani Qozog‘istondan jismoniy shaxslar eng ko‘p pul yuboradigan davlatlar ro‘yxatida ortda qoldirdi.

Top