02:59 / 21.02.2018
25812

YeChL. Messi "Chelsi"ga ilk golini urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Foto: Reuters

Londonda kechgan "Chelsi" hamda "Barselona" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ilk o‘yini durang bilan yakunlandi. 

62-daqiqada Villian gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 13-daqiqada Lionel Messi Inesta uzatmasidan unumli foydalanib, jamoasiga durang olib keldi. Bu argentinalik hujumchi uchun "Chelsi" darvozasiga kiritilgan ilk gol bo‘ldi. Bunga qadar u londonliklar darvozasini 8ta o‘yindan buyon ishg‘ol qila olmayotgan edi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 14 mart kuni Kataloniyada bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Ligasi, 1/8 final
Ilk o‘yin

Chelsi Angliya – Barselona Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 62 Villian, 1:1 – 75 Messi.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Fabregas (Drinkuoter, 84), Kante, Alonso, Villian, Azar, Pedro (Morata, 83).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Paulino (Aleish Vidal, 63), Rakitich, Buskets, Inesta (Andre Gomesh, 90), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Rakitich (29), Suares (76), Ryudiger (80), Morata (86), Buskets (90).

Top