17:04 / 21.02.2018
7978

Kino haqidagi mashhur saytga aktyorlar yoshini ko‘rsatishga ruxsat berildi

Foto: IMDb

Kino haqidagi mashhur sayt – IMDb portaliga – aktyorlar yoshini ko‘rsatishga ruxsat berildi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

AQSh federal okrug sudi tegishli qarorni qabul qilgan. U Kalifoniyadagi qonunni konstitutsiyaga zid deb tan oldi. Unga ko‘ra, saytdan artistlar talabi bilan ularning yoshi haqidagi ma'lumotni olib tashlash talabi qo‘yilgandi.

Suddagilarning fikricha, bu konstitutsiyaga birinchi tuzatishni buzadi.

IMDb oddiy o‘quvchilar tomonidan bepul tarzda keng qo‘llaniladi, biroq saytda professionallar uchun pullik obuna ham bor.

Mavzuga oid
Top