01:30 / 22.02.2018
15005

La Liga. "Real" qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa chiqib oldi

Foto: AFP

Ispaniya chempionati 16-turining "Leganes" hamda "Real Madrid" o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yini o‘tkazildi. "Butarke" stadionida kechgan uchrashuv 1:3 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Hisobni 6-daqiqada Bustinsaning goli evaziga maydon egalari ochishdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Vaskes hisobni tenglashtirdi. 29-daqiqada Kazemiro "Real"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90-daqiqada Ramos penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Ushbu o‘yindan so‘ng, "Real" 48 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Leganes" esa 29 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. 

16-tur, qoldirilgan o‘yin. 

Leganes – Real Madrid 1:3 (1:2, 0:1)

Gollar: 1:0 – 6 Bustinsa, 1:1 – 11 Vaskes, 1:2 – 29 Kazemiro, 1:3 – 90, penalti Ramos.
Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Riko, Tito, Siovas (Mantovani, 46), Pires, Gumbau (Peres, 46), Eraso, El-Jar, Ramos (Amrabat, 72), Bovyu.
Real Madrid – Kasilya, Varan, Teo, Karvaxal, Ramos, Kazemiro, Kovachich (Sebalos, 90), Isko (Lorente, 87), Vaskes, Asensio, Benzema (Beyl, 76).
Ogohlantirishlar: Riko (51), Ramos (57), Kuelyar (85), Peres (86).

Top