16:29 / 23.02.2018
14747

Toshkentda Tojikiston savdo uyi ochildi

Foto: News.tj

Toshkentda Tojikistonning savdo uyi ochildi, deya yozmoqda News.tj.

Savdo uyida hozircha «Gayur» kompaniyalar guruhining qurilish mahsulotlari taqdim etilgan, kelgusida ro‘yxatni Tojikistonda ishlab chiqarilgan boshqa tovarlar bilan kengaytirish rejalashtirilmoqda.

«Gayur» kompaniyalar guruhi nafaqat Tojikistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng yirik sement ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

«Gayur» kompaniyalar guruhi sement ishlab chiqarish bilan bir qatorda, gipsokarton, armstrong va metall profillar, qurilishda ishlatiladigan ohak, polipropilen qoplar, beton mahsulotlarni taqdim etadi.

Top