13:06 / 24.02.2018
7641

Milliy antidoping agentligi bo‘yicha hukumat yangi qarori qabul qilindi

Foto: pentathlon.kg

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, Agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksiga asoslangan milliy antidoping qoidalarini  joriy qilish, shuningdek ularga rioya etilishini ta'minlash belgilandi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun Agentlikda quyidagi Komissiyalar tashkil etiladi:

sportchilarning taqiqlangan dori-darmonlar va substansiyalardan rasmiy foydalanishga ruxsat etish bilan shug‘ullanadigan Dori preparatlaridan terapevtik foydalanish komissiyasi;

ijobiy doping namunalarini tekshirish va mas'ul shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash bilan shug‘ullanadigan Ijobiy doping natijalarini hisobga olish va ko‘rib chiqish komissiyasi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

Mavzuga oid
Top