10:41 / 24.02.2018
9349

Oq uydagi to‘siqqa kelib urilgan ayol qurollangan bo‘lgan

Foto: NBC News

Oq uy yonidagi to‘siqqa kelib urilgan avtomobildagi ayol to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan, deb xabar qilmoqda NBC.

Ta'kidlanishicha, 35 yoshli ayol qurolni politsiyachilarga qarshi yo‘naltirmagan, biroq uni berishdan bosh tortgan. Yakunda Maxfiy xizmat xodimlari undan qurolni kuch ishlatish yo‘li bilan olib qo‘yishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, politsiya uni Oq uy yonida bir necha marta uchratgan va qo‘lga olgan. Ayni damda ayol qurolni litsenziyasiz olib yurish va davlat mulkiga zarar yetkazishda ayblanmoqda.

Mavzuga oid
Top