17:04 / 24.02.2018
38146

Peterburgda yo‘nalishli avtobus yo‘lovchisi O‘zbekistondan bo‘lgan haydovchini kaltaklab o‘ldirdi

Foto: TV Tsentr

Peterburgda yo‘nalishli avtobus haydovchisi – O‘zbekiston fuqarosi – yo‘lovchilardan biri bilan yuz bergan mushtlashuv chog‘ida olingan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar qilgan.

Hodisa 21 fevral kuni kechqurun Lenin chorrahasida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘nalishli avtobusning 49 yoshli haydovchisi va yo‘lovchi o‘rtasida janjal kelib chiqqan, keyinchalik u mushtlashuvga aylanib ketgan. Hujum qilgan shaxs haydovchini do‘pposlab, voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketildi va 22 fevral kuni ertalab hayotdan ko‘z yumdi.

Ayni damda jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergovchilar gumonlanuvchini qidirishmoqda.

Top