23:10 / 25.02.2018
8608

Oq uy Shimoliy Koreyaning muzokaralarga tayyorligiga izoh berdi  

Foto: RIA "Novosti"

AQSh ma'muriyati Shimoliy Koreyaning Koreya yarimorolidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotiga bosiqlik bilan izoh berdi.  

Avvalroq Janubiy Koreya ma'muriyati Shimoliy Koreya delegatsiyasi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvda AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgani ma'lum qilgandi.

“Ko‘ramiz, Pxenyanning muzokaralar o‘tkazishga tayyorligi haqidagi bugungi murojaati yadroviy qurolsizlantirish yo‘lidagi birinchi qadami bo‘larmikin? Shu bilan birga AQSh va butun dunyo Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturi boshi berk ko‘cha ekanini yaqqol tushuntirishni davom ettirishi kerak”, deb aytilgan Oq uy bayonotida. 

Hujjatda ta'kidlanishicha, AQSh, Janubiy Koreya va xalqaro hamjamiyat “umuman olganda qurolsizlantirish Shimoliy Koreya bilan istalgan muloqot natijasi bo‘lishi lozimligiga rozilar”.

“Shimoliy Koreya yadroviy qurolsizlantirishni amalga oshirmaguncha unga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasi davom ettirilishi kerak. Prezident Tramp aytganidek, Shimoliy Koreya uchun porloq yo‘l bor, agar u qurolsizlantirishni tanlasa”, deb aytilgan bayonotda.

Top