19:50 / 26.02.2018
17673

AQShda mahbus vena tomiri topilmagani sababli qatldan qutulib qoldi

Foto: AP Photo / Kiichiro Sato

AQShda o‘lim jazosiga mahkum qilingan jinoyatchi tibbiy xodimlar unga o‘limga olib keluvchi inʼeksiyani kiritish uchun vena tomirini topa olmaganlari sabab tirik qoldi. Bu haqda Metro xabar bermoqda

Doyl li Xemm ismli bu mahbus 1987 yilda mehmonxona boshqaruvchisini o‘ldirgani uchun oliy jazoga mahkum qilingan. Qotil o‘tgan hafta qatl etilishi kerak edi.

Tibbiy xodimlar mahbusga ikki soat davomida inʼeksiya kiritishga urinishgan, ular mos vena tomirini topish uchun uning tanasini paypaslab ko‘rishgan, badaniga tarsakilab ko‘rishgan, biroq barchasi befoyda bo‘lgan.

Mahbusning advokati bundan achchiqlanib, uning himoyasi ostidagi Xemmga umuman ukol qilish mumkinmasligini aytgan. Uning aytishicha, mahbus uzoq vaqt davomida giyohvand modda qabul qilgani, saraton va gepatitdan davolangani sabab vena tomirlari kuchli shikastlangan.

Muvaffaqiyatsiz qatl yuzasidan tergov olib borilmoqda. Mahbus hozircha yashashda davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top