13:33 / 26.02.2018
7529

Kompaniyalarga xorijda hisob raqamlarni erkin tarzda ochishga ruxsat berish taklif etilmoqda 

Foto: Fotolia

Adliya vazirligi yuridik shaxslar-rezidentlar tomonidan chet elda hisob raqamlarini ochish bo‘yicha ruxsat berish tartibini bekor qilishni taklif qilmoqda. Bu «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bilan nazarda tutilgan.

Hozirgi kunda amaldagi qonunchilikka binoan, O‘zbekistondagi kompaniyalar xorijda hisob raqamini ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ruxsat olishi talab etiladi.

Ariza beruvchi bir qator hujjatlarni to‘plashi va ularni bankka topshirishi shart. 14 kun ichida bank arizani ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi - ruxsat berish yoki rad etish. Adliya vazirligi bu amaliyotni bekor qilishni taklif qilmoqda.

Tartibga solish va asoslash mexanizmi sifatida valyutani tartibga solish organlari hamda yuridik shaxslar uchun milliy yoki chet el valyutasida xorijda hisob raqamlarni ochish va ulardan foydalanishni nazarda tutuvchi aktlar, xalqaro shartnomalar mavjudligi ko‘rsatiladi.

Top