00:19 / 26.02.2018
7604

Turkiya Afrinda gumanitar tanaffusga amal qilishdan bosh tortdi

Foto: Reuters

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘ Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Afrindagi harbiy amaliyotga taalluqli bo‘lmaydi, deb aytdi.

“BMT Xavfsizlik kengashining qarori “Zaytun butog‘i” amaliyotiga ta'sir qilishi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki u terrorchilarga qarshi olib borilmoqda”, deb aytgan Bo‘zdog‘.

Shu bilan birga Turkiya BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada 30 kunlik gumanitar tanaffus kiritish haqidagi rezolyutsiyani qabul qilishini qo‘llab-quvvatladi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin gumanitar tanaffus Rossiya armiyasining terrorchilik guruhlariga qarshi amaliyotiga ta'sir qilmasligini aytgan.

Top