09:53 / 27.02.2018
21941

Neymarga tashxis qo‘yildi

«Pari Sen-Jyermen»ning braziliyalik hujumchisi Neymar Fransiya chempionati doirasida «Marsel»ga qarshi kechgan o‘yin oxirida o‘ng oyog‘ini yerga qaltis tashlashi oqibatida to‘pig‘ini qayirib oldi. Parijliklar klubi rasmiy saytida xabar berilishicha, buning oqibatida futbolchining beshinchi panja suyagida yoriq paydo bo‘lgan.

O‘z vaqtida Marselo, Toni Kroos, Xabi Alonso kabi futbolchilar ham shunday jarohatlar olishgan. Ularning to‘liq tiklanishi uchun bir necha hafta talab etilgan, bu esa Neymar YeChL nimchorak finali doirasida «Real»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushmasligini anglatadi.

Ammo istisno holat ham bo‘lgandi, «Valensiya» yarimhimoyachisi Gonsalu Guedesh xuddi shunday jarohatdan keyin «Barselona»ga qarshi o‘yinda 90 daqiqa davomida maydonda bo‘lgan.

Neymar Fransiya kubogida «Marsel»ga qarshi va chempionatda «Trua»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi rasman ma'lum qilindi.

«PSJ» rasmiy saytida jamoa himoyachisi Markinosga ham tashxis qo‘yilgani, u chap oyog‘idan olgan jarohat tufayli bir necha haftani o‘tkazib yuborishi ma'lum qilingan.

Top