19:55 / 27.02.2018
21015

Shahobiddin Zoirov qaytdi

Foto: KUN.UZ

WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Cuba Domadores» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi.

-56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirov «Cuba Domadores» vakili Robeysi Ramiresga qarshi ringga ko‘tarildi.

Besh raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra «Uzbek Tigers» vakili, Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Olimpiada chempionligidan keyin ancha vaqt katta janglarda ishtirok etmagan Shahobiddin Zoirov uchun qaytish jangiga aylangan bu jangdan so‘ng «Uzbek Tigers» - «Cuba Domadores» jamoalari o‘rtasidagi hisob 2:0 ko‘rinishini oldi.

Navbatdagi jangda -64 kg vazn toifasi vakili Iqboljon Xoldorov Endi Kruzga qarshi ringga chiqadi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Mavzuga oid
Top