09:15 / 28.02.2018
5982

AQSh harbiy bazasida shubhali maktub tufayli 10 dan ortiq kishi jabrlandi

Foto: Global Look Press

AQShning Vashingtondan uncha uzoq bo‘lmagan Arlington okrugidagi harbiy bazada shubhali maktub ochilganidan so‘ng o‘n bir kishi o‘zini yomon his qilgan. Bu haqda mahalliy qutqaruvchilar tvitterda xabar berishdi.

«O‘n bir kishi baza ma'muriy binosida maktub ochilganidan so‘ng o‘zini kasal kabi his qildi», - deya yozishgan qutqaruvchilar.

Boshqa bir xabarda ta'kidlanishicha, uch kishi shifoxonaga olib ketildi. Ularning bari barqaror holatda ekani aytilyapti.

Ayni damda surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Top