09:30 / 28.02.2018
3981

Braziliya prezidentiga qarshi tergov muddati uzaytirildi   

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Sudya Luis Robertu Barrozu Braziliya prezidenti Mishel Temerga qarshi tergov muddatini yana 60 kunga uzaytirdi.

Tercera portali ma'lumotlariga ko‘ra, Barrozuning ushbu qarori Braziliya federal politsiyasining bu borada federal prokurorning ijobiy qaroridan keyingi murojaatiga javob bo‘lgan. 

Prezidentning portlarni boshqarish tizimini o‘zgartirish haqidagi farmoni tergovga sabab bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, go‘yoki bu farmon Temer boshchilik qiluvchi Braziliya demokratik harakati partiyasiga pora berilgani evaziga Rodrimar kompaniyasiga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan farmon hisoblanadi.

Top